Kontent qismiga oʻtish

Abu-l-Abbos ibn Masruq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu-l-Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Masruq at-Tusiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 911-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi tasavvuf shayxi

Abu-l-Abbos ibn Masruq (arabcha: أبو العباس بن مسروق — Abu-l-Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Masruq at-Tusiy, ?, Eron — 911,?) — tasavvuf shayxi.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Nasoyim ul-muhabbat“da tilga olingan tasavvuf shayxi. Eronning Tus shahrida tug‘ilib, Bag‘dodda yashagan. Muhammad ibn Mansur at-Tusiy, Horis al-Muhosibiy, Sariy as-Saqatiy, Muhammad ibn al-Husayn al-Burjaloniydan tasavvuf ilmlarini o‘rgangan. Abu Abdulloh ar-Ro‘dboriyning ustozi. Junayd al-Bag‘dodiyning yaqin safdoshi. Abu-l-Abbos ibn Masruq hadis naql qiluvchilardan bo‘lib, u Ali ibn al-Jaʼd, Xalaf ibn Hishom, Ahmad ibn Hanbal va Ali ibn al-Madiniylardan rivoyat qilgan. Shu bilan birga undan Abu Bakr ash-Shofeʼiy, Jaʼfar al-Xoldiy, Muxallad al-Boqarhiy, Ibn Ubayd al-Askariy va Abu Bakr al-Ismoiliylar hadis rivoyat qilganlar. Junayd al-Bag‘dodiydan rivoyat qilingan naqllarga ko‘ra, u valiylarning abdollar toifasidan hisoblangan.

Abu-l-Abbos ibn Masruq 84 yoshida vafot etgan[1].

  1. Alisher Navoiy. TAT. Nasoyim ul-muhabbat. — T.: „Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi“, 2011. X, 91.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.